O‘zbekiston-Xitoy gaz quvurining 4 tarmog‘i loyihasi yil oxirigacha yakunlanadi

O‘zbekiston 16:07 / 16.04.2016 1698

"O‘zbekneftegaz" milliy xolding kompaniyasi 2016 yil oxirigicha, respublika hududidan Xitoyga quriladigan 4chi gaz quvuri loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqadi.

"O‘zbekiston — Xitoy" gaz quvuri uzunligi 200 kilometr bo‘lib, uning tannarxi 800 mln dollarga baholanmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik agentligi kompaniyadagi manbasiga tayangan holda.

Rejaga ko‘ra, uning qurilishi uchun talab etiladigan mablag‘ning aksar qismini Xitoy tomoni ajratishi kerak. Quvur foydalanishga topshirilgach, 20 milliard kub metr gazni mijozga yetkazish imkoni paydo bo‘ladi.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, loyihani hayotga tatbiq etish uglevodorodlarning bozor narxiga bevosita bog‘liqdir. Hozirgi vaziyatda, Xitoy uchun, tabiiy gazni quvur orqali xarid qilganidan ko‘ra, suyultirilgan gazni sotib olgani foydaliroqdir.

O‘zbekiston 2007 yili Turkmaniston — O‘zbekiston — Qozog‘iston — Xitoy xalqaro gaz transport magistraliga qo‘shilgan edi. Ushbu gaz quvuri dunyoning eng uzun gaz magistrali (7 ming kmdan uzun) hisobalanadi.

"O‘zbekneftegaz" va Xitoyning CNPC kompaniyasi o‘rtasida Asia Trans Gas qo‘shma korxonasi tashkil etilib, u gaz quvurining o‘zbek hududidan o‘tuvchi 530 kmlik qismini loyihalash, qurish va foydalanishga topshirish bilan shug‘ullanadi.

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning 2014 yilda Xitoyga tashrifi chog‘ida, "O‘zbekiston-Xitoy" gaz quvurining to‘rtinchi tarmog‘ini qurish bo‘yicha memorandum imzolangan edi.

Ko‘proq yangiliklar: