O‘zbekiston TIVda idoralararo ishchi guruhining majlisi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston 14:30 / 16.04.2016 1824

2016 yilning 15 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida xalqaro (yer usti) transport aloqalarini rivojlantirish va yagona transport diplomatiyasini ilgari surish masalalari bo‘yicha Idoralararo ishchi guruhning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, O‘zbekiston Xalqaro avtomobilda yuk tashuvchilar uyushmasi, «O‘zdavtemiryo‘lnazorat» davlat inspeksiyasi va «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining ekspertlari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda xalqaro yuk o‘tkazmalarini rivojlantirish, mamlakatimizning tranzit salohiyatini oshirish imkoniyatlari va mazkur sohada xalqaro shartnomalarni, jumladan Markaziy Osiyo va Fors ko‘rfazi davlatlari o‘rtasida transport koridorini tashkil qilish ko‘zda tutilgan, 2011-yil 25-aprelda Ashxobod shahrida Eron Islom Respublikasi, Ummon Sultonligi, Turkmaniston va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida imzolangan Ashxobod bitimini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: