Milliy matbuot markazida mamlakatimizda onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «O‘zA» xabar bermoqda.
Anjumanda O‘zbekiston cog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari L.To‘ychiyev, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori D.Ahmedovalar qatnashdi.
Bolalarni yuqumli kasalliklarga qarshi emlash, aholi orasida mikronutriyent yetishmovchiligining oldini olish, homilador ayollarni polivitaminlar bilan ta'minlash, unni boyitish, tuzni yodlash bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Tibbiy madaniyat, sog‘lom turmush tarzi va ratsional ovqatlanish tartiblari keng targ‘ib etilmoqda.
Ushbu hujjatlar asosida tibbiyot muassasalari, xususan, perinatal va skrining markazlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda, tashxis qo‘yish va davolash bo‘yicha jahon tibbiyoti yutuqlari amaliyotga tatbiq etilmoqda. Oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarida xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish, patronaj tibbiyot hamshiralarini ko‘paytirish, ayollar va bolalar shifokorlarining malakasini yuksaltirishga alohida e'tibor qaratilayotir.