Kobi Brayantning so‘nggi o‘yinida 1,2 million dollarlik suvenir sotildi. Staples Center basketbol stadioniga egalik qiluvchi kompaniya vitse-prezidentining so‘zlariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich bir kun ichida suvenir sotish bo‘yicha jahon rekordi hisoblanadi.
O‘yin oxiriga kelib, narxlarning baland bo‘lishiga qaramay, ko‘krak nishonlar, tangalar va o‘yin liboslari sotib bo‘lingan. Hatto har biri 824 dollar turadigan 248 dona maxsus maykalar ham o‘z xaridorlarini topgan.
Xarid cheklarining o‘rtacha summasi 230 dollarni tashkil etgan.
Ikki karra Olimpiya chempioni Kobi Brayant 13 aprel kuni MBAda (Milliy basketbol assotsiatsiyasi) basketbolchilik faoliyatidagi o‘zining oxirgi o‘yinini o‘tkazdi. 37 yoshli sportchi 42 daqiqa davomida 60 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.