Fitnes bilan shug‘ullanuvchi kanadalik rassom Stiven Land o‘zining velosayr yo‘nalishlarini GPS yordamida kuzatishni boshladi. Bu jarayonda u mazkur qizil chiziqlar orqali o‘zgacha kreativ g‘oyani chizish mumkinligini payqab qoldi. 2015 yilning 1 yanvarida shaharlararo keza turib, u o‘zining birinchi suratini yaratdi. Xaritada uning yo‘nalishi huddi “Hayrli 2015 yil” tabrigi kabi tasvirlangan edi. Shundan so‘ng jarayon yanada tezlashdi va GPS-san'at namunalari murakkabroq va puxta o‘ylangan holda chizila boshlandi. Hozirgi kunga kelib Land 70ga yaqin rasm yaratgan.
Avvaliga Land xaritadagi yo‘nalishlarni qalam orqali belgilab, o‘z suratlari ko‘rinishini oldindan rejalashtirib oladi. Bu shunchaki oson ish emas, sababi uzluksiz chiziqlarni birlashtiruvchi yo‘llarni topish kerak bo‘ladi.