Eronda yuz bergan suv toshqinlarida 4 kishi halok bo‘lgan

Jahon 12:39 / 16.04.2016 1586

IRNA axborot agentligining xabarlariga qaraganda, Eron markaziy mintaqalarida yuz bergan tabiiy ofat oqibatida 4 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Bu haqda, Eron favqulodda vaziyatlar tashkiloti rahbari Amin Saberinia ma'lum qilgan.

Uning aytishicha, mamlakatda yuz bergan suv toshqinlarida yana ikki kishi bedarak yo‘qolgan.

Eron qizil yarimoy jamiyati, mamlakatning tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan 126 shahridagi jabrdiydalarga yordam berishga tayyorligini bildirgan.

Sinoptiklar esa, surunkali yomg‘irlar tufayli Eron janubidagi Karun daryosining sathi yanada ko‘tarilishidan xavotir bildirmoqda.

Ayni paytda ofat yuz bergan hududlarda qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: