AQSh, Eron yadro dasturi bo‘yicha erishilgan kelishuvlar doirasida zimmasiga olgan majburiyatlariga amal qilishi lozim. Bu haqda, 16 aprel kuni Eron tashqi siyosat mahkamasi Muhammad Javod Zarif, YeI tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha bosh vakili Federika Mogerini bilan o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanida bayonot berdi.
"Yadro kelishuvining boshqa ishtirokchilari, xususan, AQSh tomoni o‘z majburiyatlariga amaliy yondoshishlari kerak", - deb ta'kidlagan Eron tashqi ishlar vaziri, "AQSh Eronning global bank tizimidagi dollarli aktivlarini to‘sib qo‘ymasligi lozim"ligini qo‘shimcha qilgan.
Mogerini, o‘z navbatida, Eron islom respublikasi, barcha jihatlarni qamrab oluvchi harakatlar bo‘yicha qo‘shma dasturga rioya etayotganini e'tirof etgan.
Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvning hayotga tatbiq etilayotgani va sanksiyalarning bekor qilinganiga qaramay, Tehron Amerika banklarida muzlatilgan mablag‘laridan foydalana olmayapti. Shu bilan birga, boshqa xorijiy davlatlardagi hisob raqamlaridan mablag‘larini olishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Ayni chog‘da, AQSh tomonidan Eron raketa dasturiga nisbatan joriy etilgan birtomonlama sanksiyalari, ko‘plab davlatlar kompaniyalarini Eron bilan aloqalarni qayta boshlashiga to‘sqinlik qilmoqda.