Dohadagi kelishuv loyihasi neft hajmini 2016 yil oktabrgacha muzlatishni taklif qilmoqda

Iqtisodiyot 23:55 / 16.04.2016 1176

17 aprelda Dohadagi uchrashuv ishtirokchilari imzolashlari kerak bo‘lgan kelishuv loyihasi neft qazib olish hajmini 2016 yil yanvardagi hajmda oktabrgacha muzlatishni ko‘zda tutadi.

Bu haqda Ozarbayjon neft vaziri Natig Aliyev ma'lum qildi.

"Kelishuv xomaki varianti katta emas. U quyidagicha yangraydi: Dohada uchrashgan davlatlar neft narxini tartibga keltirish uchun neft qazib olish hajmini oktabrgacha 2016 yil yanvardagi darajada ushlab turishga rozi bo‘lishga qaror qildilar", deb aytdi Aliyev.

Avvalroq OPeK davlatlari va bu tashkilotga kirmaydigan neft ishlab chiqaruvchilarning uchrashuvi Dohada 17 aprelda o‘tishi ma'lum qilingandi. Uchrashuvda neft narxini barqarorlashtirish masalasi muhokama qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: