BRIKS yangi taraqqiyot banki ilk kredit portfelini tasdiqladi

Iqtisodiyot 12:28 / 16.04.2016 1181

BRIKS yangi taraqqiyot banki, 811 mln dollar miqdorida kredit ajratish bo‘yicha ilk qarorini qabul qildi. Moliya muassasasi e'lon qilgan matbuot bayonnomasida xabar qilinishicha, mablag‘lar qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasidagi loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Unga ko‘ra, "Braziliyaga energiyaning qayta tiklanuvchi manbalari negizida 600 MVt elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasi uchun 300 mln dollar taqdim etiladi". Xitoyga shunga o‘xshash loyiha ijrosi uchun 81 mln dollar, Hindistonga 250 mln dollar kredit beriladi. JAR elektrenergiya ishlab chiqish va mijozlarga yetkazish tarmog‘ini barpo etish loyihasi uchun 180 mln dollar oladi.

BRIKS yangi taraqqiyot banki direktorlar kengashi rahbari Anton Siluanovning bildirishicha, Rossiya Kareliyada kichik energetikani rivojlantirishga oid loyihani Bank muhokamasiga taqdim etgan. "Bu Kareliya shaharlari, qo‘rg‘onlar va sanoatini elektr bilan ta'minlovchi gidrogeneratsiyadir", -deb aniqlik kiritgan Siluanov.

Yangi taraqqiyot bankini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim, BRIKSning 2014 yili Braziliyadagi sammiti chog‘ida imzolangan edi. Ushbu moliya muassasasi, BRIKS va rivojlanayotgan davlatlarda infrastruktura loyihalarini moliyalashtirish maqsadida tashkil etilgan. Uning kapital jamg‘armasi 100 mlrd dollarni tashkil etadi. Bank bosh qarorgohi Shanxayda joylashgan.

Ko‘proq yangiliklar: