Amerikalik bokschi Uaylder Povetkin bilan jangga shartnoma imzoladi

Sport 00:48 / 16.04.2016 1085

"Mir boksa" kompaniyasi rahbari Andrey Ryabinskiy amerikalik bokschi Deontey Uaylder (36 ta jangdan 36 ta g‘alaba) rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkin bilan (30 ta g‘alaba, bitta mag‘lubiyat) WBC talqini bo‘yicha o‘ta og‘ir vazn toifasida jahon chempioni unvoni uchun jang o‘tkazishga shartnomani imzolaganini ma'lum qildi.

"Uaylder bugun shartnomani imzoladi. Shuning uchun endi jang aniq bo‘ladi", deb yozdi Ryabinskiy o‘zining tvitterida.

Povetkin va Uaylder o‘rtasidagi ushbu jang 21 mayda Moskvadagi "Megasport" arenasida bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: