16 aprel kuni Sochnaya Dolina kompaniyasining xodimlari va barcha xohlovchilar Toshkent shahrida joylashgan Abdulla Qodiriy nomidagi xiyobonda daraxt ekishdi.
Tadbir xiyobonning «Eski shahar» deb nomlangan qismida o‘tkazildi. Uning davomida jami 200 tup ko‘chat ekildi. Ularning yarmi mevali bo‘lsa, qolgan qismini chinorlar tashkil etdi.
Shu tariqa Sochnaya Dolina kompaniyasining xodimlari ekkan ko‘chatlardan kattagina «Sochnaya Dolina bog‘i» paydo bo‘ldi.
Reklama huquqi asosida.