2016 yilgi Investitsiya dasturi doirasida 368 ta yangi investitsiya loyihasini amalga oshirish boshlandi

O‘zbekiston 16:15 / 16.04.2016 6767

2016 yil 15 aprelda Vazirlar Mahkamasining joriy yilning I choragida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini muhokama qilishga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan joriy yilning 15 yanvarida respublika Hukumati majlisida belgilab berilgan 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalari amalga oshirilishini baholashga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur majlisda sanoat ishlab chiqarishini uzluksiz texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan faol investitsiya siyosati o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmlari 8,5 foizga, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar 14,4 foizga o‘sishiga ko‘maklashganligi qayd etildi. 2016 yilgi Investitsiya dasturi doirasida 368 ta yangi investitsiya loyihasini amalga oshirish boshlandi, ular bo‘yicha qurish va rekonstruksiya qilishga pudrat shartnomalari belgilangan tartibda tuzilgan. Mahalliylashtirilgan mahsulotlarning 37 ta yangi turini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.

Yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, qishloq joylarda namunaviy uy-joylar qurish loyihalari faol amalga oshirilmoqda. Farg‘ona vodiysi viloyatlarini respublikaning qolgan hududi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri temir yo‘l qatnovi bilan birlashtiradigan yangi elektrlashtirilgan Angren-Pop temir yo‘li qurilishi tugallanmoqda. Samarqand-Buxoro temir yo‘lini, yo‘lovchilar tashish poyezdlarining yuqori tezlikda harakatlanishini tashkil etgan holda, elektrlashtirish loyihasi jadal sur'atlarda amalga oshirilmoqda. Zamonaviy texnologiya bo‘yicha keng polosali foydalanishning 500 kilometrdan ortiq optik-tolali tarmoqlarini qurish va zaxiraga qo‘yish amalga oshirildi. Qishloq turar joy massivlarida 13 mingta yangi shinam uylar, ushbu massivlarda ijtimoiy va bozor infratuzilmasining zamonaviy obektlarini qurish boshlandi.

Ko‘proq yangiliklar: