Yurgen Klopp: «Men yigitlarga «Liverpul» YeChL finalida 0:3ga yutqaza turib yutib ketganini eslatdim»

Sport 11:07 / 15.04.2016 1637

Angliyaning «Liverpul» klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Yevropa ligasining 1/4 final doirasidagi «Borussiya»dan qozonilgan g‘alabadan (4:3, dastlabki uchrashuv – 1:1) keyin jamoani qanday qilib ruhlantirganini ta'kidlab o‘tdi.

«Men yigitlarga, chempionlar ligasi finalida «Liverpul» 0:3ga yutqaza turib yutib ketgan o‘yinni eslatdim. O‘shanda men bo‘lmaganman. O‘sha paytdagi juda ko‘plab futbolchilar bugun televideniyeda ekspert sifatida ishlashmoqda. Biz ham shu ishni takrorlab ko‘rishimiz kerakligini tushuntirdim va ular bu ishni amalga oshirishdi», – deya ta'kidladi Klopp.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining 2004/05 mavsumida Istanbuldagi finalda «Liverpul» birinchi bo‘limdan keyin «Milan»ga yutqaza turib (0:3), keyin hisobni tenglashtirgan va penaltilar seriyasida g‘alabani ilib ketgandi.

Ko‘proq yangiliklar: