Yaponiyaning Kyusyu oroli tarixidagi eng kuchli zilzila oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.
200 ga yaqin odam jarohat olgan. Yaponiya hukumati zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun barcha kuchlarni ishga solishni buyurdi. Zilzila markazi hududida binolar vayron bo‘lgan, yong‘inlar chiqqan. Qutqaruv ishlarida 400 dan ortiq harbiy ishtirok etmoqda, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi.
20 ga yaqin imorat vayron bo‘lgan. Halok bo‘lganlarning 2 nafari vayronalar tagida qolib ketgan, yana bir kishining yuragi to‘xtab qolgan.
Bir qator kuchli zilzilalardan keyin yana 54 ta qoldiq yer silkinishlari bo‘lib turgan. Ta'kidlanishicha, zilzilalar yana yuz berishi mumkin.
Avvalroq Yaponiyaning janubi-g‘arbida 6,4 magnitudali zilzila yuz bergani ma'lum qilingandi. Zilzila o‘chog‘i 10 km chuqurlikda bo‘lgan. Kyusyu orolida "sinkansen" tezkor poyezdlari qatnovi to‘xtatilgan. Kushu Electric Power operator-kompaniyasi zilziladan keyin AES reaktorlari holatini tekshirishni boshlagan.