Yaponiyada 7,1 balli zilzila ro‘y berdi va sunami xavfi yuzaga keldi

Jahon 21:53 / 15.04.2016 905

Yaponiya janubi-g‘arbida bir necha marta ketma-ket zilzilalar ro‘y berdi. Yaponiya milliy meteorologiya boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, birinchi yer silkinishi kuchi 7,1 ballni tashkil qilgan.

Mamlakat janubi-g‘arbiga okeandan sunami yopirilishi xavfi yuzaga kelgan. Mahalliy aholiga imkon qadar qirg‘oq hududlarini tark etish tavsiya etilgan.

Davomli zilzilalar tufayli Kumamoto prefekturasida elektr ta'minotida uzilish ro‘y bergan.

Ayni vaqtda, zilzila talafotlari va qurbonlar haqida ma'lumotlar kelib tushmagan.

14 aprel kuni ham Kumamotoda 6,5 balli zilzila ro‘y bergan va 9 kishi halok bo‘lib, mingdan ortiq kishi jarohatlangandi.

Ko‘proq yangiliklar: