Rossiyalik aktyor Oleg Taktarov va Jyeff Monson o‘rasida 16 aprel kuni Penza shahrida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan jang Taktarovning AQShdagi suratga olish ishlari tufayli qoldirildi. Bu haqda Monsonning vakili TASSga xabar qilgan.
"U yerda bahsli vaziyat yuzaga kelgan, kinostudiya Olegni qo‘yib yuborishni istamayapti. Uning yuristi bu masalada ishga kirishdi, ammo o‘xshamadi. Aks holda u katta jarimaga qolishi mumkin. Shu bois jang keyinga qoldirildi. Aniq vaqti ma'lum emas", — deydi manba.
Uchrashuvni barchaga namoyish etish rejalashtirilgan.