Sartepa turizm va maishiy xizmat kasb-hunar kolleji direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Zarina Murodova mehnat jamoasida hurmat-e'tiborga ega edi. Pedagogik jamoada fidoiy xodim sifatida o‘z o‘rnini topgan Z.Murodova nafsini jilovlay olmay to‘g‘ri yo‘ldan adashdi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Kollejda 2015-2016 o‘quv yili uchun umumta'lim maktablari bitiruvchilarini o‘qishga qabul qilish ishlarini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilgan maslahat markaziga yetarli tajribaga ega xodim sifatida Z.Murodova kollej direktorining maxsus buyrug‘i bilan mas'ul kotib etib tayinlandi.
Odatda ish tartibi bo‘yicha davom etayotgan qabul jarayonida fuqaro Zamira Shamsiyeva qaynisi A.Xurramovni kollejning menejment yo‘nalishisha hujjat topshiri uchun mas'ul kotibning yoniga olib keladi. Ayni jarayondan moddiy manfaat ko‘rish maqsadida o‘zini hojatbaror qilib ko‘rsatgach, Zamirani xizmat xonasiga boshlab, kollej direktoriga 200 AQSh dollari berish evaziga ishni oson hal qilish mumkinligini aytadi.
Kelishuvga ko‘ra, aytilgan pulni Z.Shamsiyeva o‘z vaqtida olib kela olmaydi. Bir muddat kechikkan Zamiraga Zarina Murodova vaqt o‘tganligini pesh qilib, endi ish 300 AQSh dollari bilan “pishishini” aytadi. Kollejdagi qing‘ir ishlardan toqati toq bo‘lgan Zamira Shamsiyeva huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etdi.
Z.Shamsiyevaga sud hukmi bilan qilmishiga yarasha jazo tayinlandi.