Salvadordagi iqlim o‘zgarishlari qurg‘oqchilik va suv tanqislgigiga sabab bo‘ldi. Bu vaziyat 14 aprel kuni Markaziy Amerikadagi respublika hukumatini favqulodda holat e'lon qilishga majbur qilgan. Bu haqida matbuot anjumanida Salvador prezidenti Sanches Seren ma'lum qildi.
Salvador aholisi 6,4 million kishidan iborat.
"Men Suv bilan ta'minlash va kanalizatsiya milliy boshqarmasi rahbariga favqulodda vaziyat e'lon qilishga ijozat berdim. Bu unga uch oyga 3,5 million dollar olish va darhol yangi quduqlarni burg‘ilash, shuningdek boshqa choralar ko‘rish imkonini beradi", - dedi Seren.
Bundan tashqari, eng murakkab vaziyat yuzaga kelgan poytaxt aglomeratsiyasida olovrang xavf deb nomlangan xavflilikning eng yuqori darajasi tartibi o‘rnatilgan.
Fuqarolik mudofaasi rahbari Xorxe Melendesning so‘zlariga ko‘ra, bunday qaror hukumatga barcha kerakli kuch va vositalarni davlat, mintaqa va shahar miqyosida aholini suv bilan ta'minlashga doir muammolarni hal qilishga yordam beradi.
San-Salvador hududidagi ishlar yaqin orada boshlanishi kutilmoqda.