Rossiyada tez yordamning chaqiriqqa 20 daqiqadan kechikmagan holda yetib kelishi me'yori 15 apreldan kuchga kiradi

Jamiyat 22:49 / 15.04.2016 1312

Tez tibbiy yordam haqida murojaat tushgandan keyin 20 daqiqadan kechikmagan holda yetib kelish me'yorini o‘rnatuvchi Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining "Aholi ehtiyojidan kelib chiqib davlat sog‘liqni saqlash tizimi tibbiyot muassasalarini joylashtirish bo‘yicha talablar haqidagi" buyrug‘i 15 apreldan kuchga kiradi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy vakili Oleg Salagay ma'lum qildi.

"Tez tibbiy yordam stansiyalari hamda tez tibbiy yordam ko‘rsatuvchi boshqa boshqarmalar tez tibbiy yordam brigadasining murojaat tushgandan keyin xizmat ko‘rsatilayotgan hududdagi eng chekka aholi punktiga 20 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan vaqtda yetib boradigan qilib joylashtirilishi kerak", deb ma'lum qildi Salagay.

Shuningdek, buyruqqa ko‘ra, shoshilinch shakldagi tibbiy yordam ko‘rsatuvchi tibbiyot tashkilotlari barcha xizmat ko‘rsatilayotgan aholi punktlaridan transport 120 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan vaqtda yetib borishi hisobga olingan holda joylashtirilishi kerak. 20 mingdan ko‘proq aholiga ega aholi punktlarida birlamchi tibbiy-sanitar yordam ko‘rsatuvchi tibbiyot tashkilotlari esa yetib borish 60 daqiqadan oshmagan holda joylashtirilishi kerak.

Ko‘proq yangiliklar: