Oq uy: AQSh Bashar Asadni hokimiyatdan kuch bilan chetlatishni rejalashtirmagan

Jahon 07:12 / 15.04.2016 1013

Suriya prezidenti Bashar Asadni hokimiyatdan chetlatilish AQSh rejalariga kirmaydi. Bunday bayonot bilan 14 aprelda Oq uy rasmiy vakili Josh Ernest chiqdi.

Uning aytishicha, Asadning hokimiyatdan chetlatilishi AQSh prezidenti Barak Obama tomonidan "qandaydir talab qilinayotgan holat" hisbolanmaydi. Ernest bunday rejalar mavjud bo‘lgani haqidagi istalgan taxminlar "noto‘g‘ridir" deb aytdi, chunki AQSh Suriyada "harbiy qarorni uqdirmagan" holda harakat qilishga intilgan, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. 

"Vashington "Yaqin Sharqdagi yana bitta urushga" kirishdan qochishga intilgan", deb aytdi Obama matbuot kotibi.

Yanvarda Obama ma'muriyati Suriya ixtilofini hal qilish bilan bog‘liq voqealar jadvalini tuzib chiqdi. Bu hujjatga ko‘ra, Suriyada hokimiyatni topshirish "eng yaxshi holatda" 2017 yil martida yakunlanadi.

Mart oxirida Kremlda Rossiya va AQSh o‘rtasida Asadning taqdiri haqida kelishuv yo‘qligi ma'lum qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: