«Barselona» jamoasi hujumchisi Neymar kataloniyaliklar jamoasining mashg‘uloti vaqtida to‘pig‘idagi jarohat tufayli mashg‘ulotlarni davom ettira olmasdan jamoa bazasini muddatidan oldin tark etdi. Bu haqda A bola xabar tarqatgan.
Braziliya terma jamoasi sardori bo‘lmish bu futbolchi tizza qismida og‘riq sezgan.
U «Atletiko»ga qarshi kechgan YeChL chorak finalidagi javob o‘yini vaqtida to‘pig‘idan jarohat olgandi. Ushbu uchrashuv 0:2 hisobida «Barselona» mag‘lubiyati bilan yakunlangan.
24 yoshli Neymar endi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shifokorlar uning jarohati darajasini aniqlashadi.
U bu jarohati tufayli Ispaniya chempionati doirasida «Valensiya»ga qarshi kechadigan o‘yinda maydonga tusha olmasligi mumkin.