Moskva shahri tergovchilari qurilish kompaniyalardan birining yotoqxonasida 63 kishining zaharlanganiga oid surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Bu haqda Rossiya tergov qo‘mitasi Moskva shahar tergov boshqarmasi rahbar o‘rinbosari Yuliya Ivanova ma'lum qilgan.
Bundan avval, qurilish inshooti xavfsizlik xizmati boshlig‘i Dmitriy Telitsin tushlik paytida o‘nlab kishilarning ommaviy zaharlanishi ro‘y bergani, zaharlanganlarning barchasi O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari ekanini xabar qilgan edi.
Tergov boshqarmasining ma'lumotlariga ko‘ra, yotoqxonada 450dan ortiq kishi istiqomat qiladi, taomlar esa tayyor holda boshqa tashkilot tomonidan yetkazib beriladi.