Lukashenko: islom dunyosi dunyodagi xavfsizlik ustunlaridan biri bo‘lishi kerak

Jahon 08:54 / 15.04.2016 2010

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko islom dunyosi dunyodagi barqarorlik va xavfsizlik ustunlaridan biri bo‘lishi kerak, deb aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi.

Lukashenko bu haqda Istanbulda bo‘lib o‘tayotgan Islom hamkorligi tashkiloti sammitida aytib o‘tdi.

"Mutlaq ayonki, musulmonlarsiz ko‘p qutbli dunyoni shakllantirishning haqiqatda imkoni yo‘q. Bu dunyoning konturlari bugunda qiyinchilik bilan shakllanmoqda", deb aytdi Lukashenko.

Lukashenko, shuningdek, islom dunyosi qolgan muhim geosiyosiy ishtirokchilar qatorida sayyoramizdagi jadal va barqaror rivojlanishning dvigateli bo‘lishi mumkinligini ta'kidlab o‘tdi.

Bundan tashqari, Belarus prezidenti umumiy aholisi 1 mlrd dan ko‘proq odamni tashkil qilgan 57 ta davlatni birlashtiruvchi Islom hamkorligi tashkiloti katta salohiyatga ega ekanligini aytdi.

"Bu dunyoni ochish yo‘li musulmon dunyosida birdamlikka erishish, ichki ziddiyatlarni yengishdan iborat", deb hisoblamoqda Lukashenko.

Ko‘proq yangiliklar: