Krishtianu Ronaldu Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadaga bormaydi

Sport 11:43 / 15.04.2016 952

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Braziliyada o‘tkaziladigan 2016 yilgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etmaydi.

Portugaliyaliklar musobaqaning guruh bosqichida Jazoir, Gonduras va Argentina vakillari bilan bahs olib borishadi.

Xabarlarda Ronaldu ushbu Olimpiadada ishtirok etishi mumkinligi xabar qilingandi. Ammo futbolchiga yaqin manbalar bunday xabarlarni inkor qilishmoqda.

31 yoshli futbolchi yozda Portugaliya terma jamoasi safida Yevro-2016 turnirida ishtirok etadi. Futbolchi Ispaniya chempionatidan keyin 2ta katta xalqaro turnirda (Fransiyadagi Yevropa chempionati 10 iyun kuni boshlanib, 11 iyulda tugaydi, Rio olimpiadasi 4 avgust kuni boshlanadi) ishtirok etishga qiynalishi aytilmoqda.

Ma'lumot uchun, reglamentga ko‘ra olimpiya terma jamoalari o‘z safiga 23 yoshdan katta bo‘lgan 3 nafar futbolchini qo‘shib olishlari mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: