Kreml nemis nashridan Putinning xatosi uchun uzr so‘radi

Jahon 16:06 / 15.04.2016 989

Kreml Germaniyada nashr etiladigan Süddeutsche Zeitung nashridan kechirim so‘radi.

Vladimir Putin 14 aprel kuni o‘tkazgan "bevosita muloqot"i vaqtida mazkur gazeta Amerikaning Goldman Sachs banki mediaxoldingiga kirishini aytgan edi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov prezident xatosini o‘zining shaxsiy xatosi deb atadi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Süddeutsche Zeitung gazetasidan kechirim so‘ragani haqida TASS axborot agentligi xabar qilmoqda.

«Bu har holda, bizning, aniqrog‘i mening va shu masala bo‘yicha ma'lumotlarni tayyorlaganlarning xatosidir, — degan Peskov. — Unda haqiqatdan ham tekshirilmagan ma'lumotlar bo‘lgan, men esa, uni qayta tekshirmasdan prezidentga taqdim etganman».

14 aprel kuni prezident Putin, «Panama hujjatlari» bilan bog‘liq mashmashalarga izoh bera turib, "Maqola birinchi bo‘lib qayerda paydo bo‘lganini matbuot kotibidan (Peskov) so‘raganida - Süddeutsche Zeitung deb javob bergani"ni aytar ekan, gazeta «Amerikaning Goldman Sachs korporatsiyasi qoshidagi mediaxolding tarkibiga kirishini ta'kidlagan, shunga ko‘ra, buyurtmachi kimligini taxmin qilish mumkinligi»ni bildirgan edi.

Prezident bilan «bevosita muloqot» yakunlangach, Süddeutsche Zeitung ijrochi direktori Ctefan Xilsher nashrning bevosita yoki bilvosita Goldman Sachs korporatsiyasiga tegishli ekanini rad etgan edi. U nashriyot Süddeutscher Verlag guruhining 100 foizlik sho‘'ba korxonasi ekanini ma'lum qilgandi. O‘z navbatida, guruhning 81,25 foiz aksiyasi Südwestdeutschen Medienholding (SWMH) xoldingiga, 18,75 foizi esa, gazeta asoschilari Fridmannlar oilasiga tegishlidir.

SWMH media xoldingining 95 foiz aksiyalariga esa, Medien-Union GmbH va Gruppe Württembergischer Verleger kompaniyalari egalik qiladi. Forbes jurnalining ma'lumotlariga ko‘ra, Medien-Union GmbH guruhining 50,7 foiz aksiyasi 78 yoshli nemis tadbirkori Diter Shaubga tegishli hisoblanadi. Qolgan qismi esa, uning otasi Jozef Shaub bilan birga kompaniyaga asos solgan oilalarga tegishli.

SWMH korporatsiyasining besh foiziga egalik qiluvchi Gruppe Württembergischer Verleger o‘z navbatida 18ta mintaqaviy nashrlarni o‘z ichiga oladi. Guruhga, jismoniy va yuridik shaxslardan iborat 40 nafarga yaqin aksioner xo‘jayinlik qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: