Uncha katta bo‘lmagan hosting kompaniyasi rahbari Marko Marsala o‘zining barcha mijozlari haqidagi ma'lumotlarni qanday qilib yanglishib o‘chirib yuborganini so‘zlab berdi. Bu haqida The Independent nashri ma'lum qilgan.
10 aprel kuni Server Vault forumi kengashida Marsala o‘zi tushgan vaziyatida aslida qanday yo‘l tutish kerakligini so‘radi.
U 1535 nafar mijozga xizmat ko‘rsatuvchi hosting-provayderni boshqaradi. Xizmatlar konfiguratsiyasini boshqarishni avtomatlashtirish uchun Marsala Ansible tizimidan foydalandi va 9 aprelda tasodifan u orqali barcha serverlarda Bash-skript «rm -rf {foo}/{bar}»ni ishga tushirib yubordi.
Natijada uning serveridagi ma'lumotlar o‘chib ketgan, ular bilan birga bekaplar ham yo‘qolgan, chunki ularga texnik xizmat ko‘rsatishda shu skript ishlatilar edi. Sisadmin ma'lumotlarni operativ tarzda qayta tiklash mumkin yoki mumkin emasligi bilan qiziqdi.
Muallifga ikki yil avval berilgan shunday savoliga ishora qilishdi. U payt maslahatchilar kelishib, qolgan fayllarni yuklab olib, ularni yangi serverga o‘tkazishga qaror qilishgan va kelajakda bunday holatlarni yuzaga keltirmaslik so‘ralgan.
Muhokamaning ba'zi ishtirokchilari Marsalaning kompaniyasi tanazzulga uchrashini aytishgan. Barcha ma'lumotlarini qayta tiklash amri mahol va buning ilojini qilganda ham bu yaxshigina chiqimga sabab bo‘lishi turgan gap.
Marko Marsala qayerda ishlashi va haqiqatdan ham u hosting-provayder rahbarimi yoki yo‘qligi hozircha noma'lum.
TJ na Facebook'da va na LinkedIn'da bunday ismli foydalanuvchini topa olmagan.
«rm -rf /» buyrug‘i Bash'da fayllar va papkalarni hech qanday ogohlantirishsiz rekursiv o‘chirib tashlash degani. Odatda bu buyruq faqat foydalanuvchining fayllariga tegishli, ammo agar uni root-chiqishga ega superfoydalanuvchi ishga tushirsa (ehtimol, Marsala bilan shunday holat yuzaga kelgan), u holda tizimdagi barcha fayllar o‘chib ketadi. Dasturchilar va tizimli adminstratorlar orasida bu buyruq maksimal parchalanishning sinonimi hisoblanadi.
Quyida Bash-terminalda virtual Linux-mashinada ishga tushirilgan bunday buyruq qanday qilib butun operatsion tizimni buzishini kuzatish mumkin: fayllarning bir qismini o‘chira olmadi, lekin aksariyat funksiyalar - rm komandasi bilan birga ishlashni rad etdi.