Germaniyada 5 yevro qiymatidagi tanga paydo bo‘ldi

Jahon 18:48 / 15.04.2016 1094

Germaniyada 5 yevro qiymatidagi tangalar paydo bo‘ldi. Tanganing mavzusi – “Yerning moviy tabiati”, deb xabar beradi Deutsche Welle.

GFRning Moliya vazirligi xabarlariga ko‘ra, 14 apreldan boshlab tangalarni Bundesbank (mamlakatning Markaziy banki) filiallari va boshqa kredit muassasalaridan olish mumkin.

Vazirlikda qayd etilishicha, 5 yevro qiymatidagi yangi tanga faqatgina Germaniyada emas, balki butun Yevropa Ittifoqi hududida qonuniy to‘lov vositasi sifatida tan olindi.

Tangalar innovatsion texnologiyalar yordamida zarb etilgan.

“Tanganing ichida yorug‘lik taratayotgan moviyrang polimer uzuk bo‘lib, u ichki metall doirani tashqisidan ajratib turadi”, — deb yozadi Deutsche Welle.

Taxminlarga ko‘ra, kelajakda boshqa tangalar ishlab chiqarishda ham ushbu texnologiyadan foydalaniladi. Bu esa, o‘z navbatida, qalbaki tangalar ishlab chiqaruvchilarga qarshi kurashishga yordam beradi.

Germaniyada Markaziy bank umumiy hisobda 2,25 millionga yaqin shunday tangalarni zarb etishni rejalashtirgan. Ulardan 250tasi bo‘rtib chiqilgan bo‘lib, ularni ishlab chiqarishda maxsus “ko‘zguli yog‘du” texnologiyasidan foydalanilgan va barchasi kolleksionerlar tomonidan sotib olingan.

Ko‘proq yangiliklar: