Futbol o‘yini qoidalariga bir qator o‘zgartirishlar kiritiladi. Bu haqda Xalqaro futbol assotsiatsiyalar kengashi (IFAB) rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Unga ko‘ra, birinchi navbatda ikki hissa jazolash qoidasi bekor qilinadigan bo‘ldi. Jarima maydonchasi ichidagi qo‘pollik uchun hakam ham penalti belgilab ham qizil kartochka ko‘rsatishi shart bo‘lmaydi. Bu cheklov penalti va sariq kartochka bilan jazolanadi.
Arbitr shuningdek futbolchilarni o‘yindan oldin, misol uchun tribuna ostida chiqib kelishdan avval janjal yuzaga keltirganlarni chetlatishi mumkin bo‘ladi. Agar zayavka e'lon qilingan bo‘lsa, bu futbolchi o‘rniga boshqasi jalb qilinadi, jamoalar to‘liq tarkib bilan o‘yinni davom ettiradi.
Hakamga nisbatan jamoa a'zolari va zaxira o‘rindig‘idagilar tahdid qilishsa, jarima zarbasi belgilanadi.
O‘yin vaziyatidan tashqari holatlarda raqibga bosh bilan berilgan har qanday zarba qizil kartochka bilan jazolanadi.
Mazkur yangi o‘zgarishlar 2016/17 yilgi mavsum boshidan amalga tatbiq etiladi.