Xalqaro elektr aloqa uyushmasining (ITU) Elektr aloqa standartizatsiyasi byurosi direktori Chxe Sub Li 2016 yilning 13 aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar bermoqda.
Chxe Sub Li Toshkent shahriga ITUning mintaqaviy forumi “Standartlashda uzilishni bartaraf etish” va 2016 yilning Jahon elektr aloqasini standartlash assambleyasiga tayyorgalik ko‘rish mintaqaviy yig‘ilishida ishtirok etish uchun Toshkentga keldi.
Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrifi davomida janob Chxe Sub Li vakili o‘quv yurtida IT-mutaxassislarini tayyorlash, hamda talabalar va professorlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
O‘z o‘rnida Chxe Sub Li Xalqaro elektr aloqa uyushmasi faoliyati haqida, jumladan, AKT sohasi uchun xalqaro standartlarni ishlab chiqarish haqida so‘zlab berdi. Shu bilan birga, u Xalqaro elektr aloqa uyushmasining AKT tarmog‘i va o‘quv yurtlari bilan hamkorligi to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tdi.
Chxe Sub Li Toshkent shahridagi Inha universitetini ITUning a'zosi maqomini olishga va tadqiqot loyihalarida ishtirok etishga chaqirdi.
Uchrashuv so‘nggida Chxe Sub Li universitet tashriflar kitobiga o‘zining samimiy tilak va istaklarini yozib qoldirdi.
Ma'lumot uchun: xalqaro elektr aloqa uyushmasi 1865 yilda tashkil etilgan bo‘lib, u BMTning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi yetakchi tashkiloti hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi 1992 yilning 10 iyul kuni ITUga a'zo bo‘ldi.