Chexiyada Checheniston bilan adashtirmasliklari uchun mamlakat nomi o‘zgartirilishini istashmayapti

Jahon 18:44 / 15.04.2016 950

Chexiya Respublikasi hukumati mamlakat rasmiy nomini bir so‘zga qisqartirib, Chexiya so‘zining o‘zini saqlab qolish niyatida. Mamlakat fuqarolari esa, bu holda ularni Checheniston bilan adashtirib yuborishadi, degan xavotirda ekani haqida Mashable yozgan.

Hukumat rasmiylarigi ko‘ra, mamlakat nomining qisqaligi, foydalanishda qulaylik yaratadi. Ammo, bu Rossiyadagi Checheniston respublikasi nomiga juda ham yaqinligi tvitter foydalanuvchilarining keskin tanqidiga uchradi.

Aytish joizki, chexlarning xavotirlanishida ham asos bor. Chexiyani Checheniston bilan adashtirib yuborish holati tarixda yuz bergan. Xususan, 2013 yili Boston marafonida portlashni sodir etgan shaxslar dastlab chexiyaliklar ekani haqida e'lon qilingandi.

O‘shanda diplomatlar, Chexiya respublikasi, markaziy Yevropada joylashgan davlat ekani, Checheniston Rossiya tarkibidagi sub'yekt ekanini tushuntirish uchun ancha ter to‘kishgan.

Biroq, fuqarolarning noroziligiga qaramay, Chexiya parlamenti muhokamasidan keyin respublika nomini o‘zgartirish bo‘yicha murojaatnoma BMTga topshiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: