Britaniyaliklar uylarini pishloqdan olingan gaz bilan isitadilar

Jahon 23:08 / 15.04.2016 1192

Buyuk Britaniyada Kambriy grafligidagi aholi punktlaridan birida pishloq tayyorlash natijasida olinadigan "tabiiy gaz"ni qo‘llash rejalashtirilmoqda. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, bunday gazni qayta ishlash uchun qurilgan zavod sut zardobi va pishloq ishlab chiqarishning boshqa qoldiqlarini tokar qayta ishlash uchun subsidiyalar (yordam puli) ko‘rinishida bir necha million funt sterling oladi.

Gazning bir qismi elektr energiya ishlab chiqarish uchun ishlatiladi, qolgan gaz esa qayta ishlanib, mahalliy gaz ta'minoti tizimiga beriladi. Bu yerda gaz uylarni isitish uchun ishlatiladi.

Zavodni qurgan Clearfleau kompaniyasi har yili gaz ta'minotiga beriladigan gazning umumiy miqdori 4 mingta uyning gazga bir yillik ehtiyojiga teng bo‘lishini ma'lum qildi.

Bu gazning 60 foizi gaz ta'minotidan zavodning o‘z ehtiyojlari uchun qaytib keladi, buning oqibatida gaz bilan 1,6 mingta uyni bir yil davomida ta'minlash mumkin bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: