BAA "Al-Qoida"ning Yamandagi bo‘limiga qarshi kurashda AQShdan yordam so‘radi

Jahon 20:18 / 15.04.2016 946

AQSh rahbariyati BAA tomonidan "Al-Qoida"ning Yamanga o‘rnashib olgan guruhiga qarshi amalga oshiriladigan harbiy harakatlarda Amerika yordamini so‘rab qilingan murojaatni ko‘rib chiqmoqda.

BAA hukumati jangovar harakatlar vaqtida Pentagon kuchlari yordam berishi maqsadga muvofiq bo‘lishiga ishonch bildirgan.

Reuters agentligining xabar qilishicha, Fors ko‘rfazi davlatlari birlashgan qurolli kuchlari, Charlie Hebdo jurnali idorasiga uyushtirilgan hujumni o‘z zimmasiga olgan terrorchilar guruhiga qarshi zarbalar berish niyatida.

BAA AQShdan qidiruv-qutqaruv hamda yaradorlarni ko‘chirish ishlarida yordam berishini so‘ramoqda. Shuningdek, AQSh rasmiylarining bildirishicha, ulardan harbiy-havo kuchlari, razvedka va moddiy texnika vositalari bilan ta'minlashlarini so‘rashgan.

Vashington BAAning iltimosini Fors ko‘rfazi davlat rahbarlarining sammitigacha ko‘rib chiqadi. Oq uy rahbari Barak Obama ham mazkur anjumanda ishtirok etishi kutilmoqda. Ushbu sammitda Yamandagi vaziyat ham keng muhokama etilishi rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: