AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Jon Kirbi AQSh Suriyada bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarini haqqoniy va erkin o‘tdi, deb hisoblamasligini aytib o‘tdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
"Hozirda, Asad tuzumi hokimiyat tepasida bo‘lgan, hukumat o‘z odamlariga hujum qilayotgan va millionlab suriyaliklar Suriyada bo‘lmagan, o‘z vatanlaridan qochishga majbur bo‘lganlari uchun saylovlarda ishtirok etmagan bir vaqtda Suriyadagi parlament saylovlarini ishonch qozonuvchi, haqqoniy va erkin deb hisoblanishini tasavvur qilish mushkul", deb aytdi Kirbi.
Avvalroq Suriyada parlament saylovlarida ovoz berish yakunlangani ma'lum qilingandi.
Parlamentga saylovlarda 250 o‘ringa 3,5 ming nomzod kurash olib bordi. Bu o‘rinlardan yarmi an'anaviy tarzda odatda ishchi va dehqonlar vakillariga ajratiladi.