2030 yilga borib O‘zbekiston yiliga 105 mlrd kvt/soat elektr energiya ishlab chiqaradi

O‘zbekiston 17:44 / 15.04.2016 2257

2030 yilga borib O‘zbekiston yiliga 105 mlrd kvt/soat elektr energiya ishlab chiqara boshlaydi. Bunda qayta tiklanuvchi manbalarning (gidroenergetika, quyosh va shamol energiyalari) jami ishlab chiqilgan energiyadagi ulushi 7,2 foizni tashkil etadi.

O‘zbekiston fanlar akademiyasi Energetika va avtomatika instituti laboratoriyasi mudiri akademik, Romen Zohidov 15 aprelda Toshkentda bo‘lib o‘tgan Green Forum-2016 ilmiy-texnik forumidagi ma'ruzasida shunday fikrni ilgari surdi.

review.uz saytining xabar qilishicha, Green Forum-2016 O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tomonidan Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamda «O‘zbekenergo» AJ ko‘magida tashkil etilgan. Unga shu sohaga doir davlat organlari va donorlik tashkilotlari vakillari taklif etilgan.

Forumda mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasiga energiyaga tejamkor hamda muqobil energiya texnologiyalarini joriy qilishning hozirgi ahvoli va istiqbollari muhokama etildi. Unda shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, tejamkor texnologiyalardan sanoatda, qurilish va iqtisodiyotning boshqa sohalarida keng qo‘llanilishiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni hal etishga oid takliflar ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda iqtisodiyotning turli yo‘nalishlari va ijtimoiy sohada energiya sarfini kamaytirish hamda energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari bo‘yicha dastur qabul qilingan. Ayni paytda, «respublikada «Energiyaning qayta tiklanuvchi manbalari to‘g‘risidagi» qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Unda, energiyaning qayta tiklanuvchi manbalaridan foydalanuvchi ishlab chiqaruvchilar va mijozlarning o‘zaro munosabatlariga oydinlik kiritiladi», deb ma'lum qilgan akademik Zohidov.

Ko‘proq yangiliklar: