Yuz yoshli britaniyalik tavallud kunida parashyutdan sakradi

Jamiyat 18:03 / 14.04.2016 1116

Buyuk britaniyalik Verdus Xayes yuzinchi tug‘ilgan kunini antiqa usul bilan nishonlashga qaror qildi. U shu bilan jahon rekordini yangilab, parashyutdan sakragan eng keksa inson sifatida tarixda qolishni ham istagan edi. Bundan tashqar, instruktor yordamida parvoz qilgan Xayes, mahalliy xospis (saraton kabi xastaliklarga chalinganlar uchun maxsus shifoxona yoki ibodatxonalardagi boshpana)larga yordam tariqasida mablag‘ yig‘ishni ham maqsad qilgan.

Hozircha, Verdus Xayesning ushbu jur'ati Ginnessning rekordlar kitobidan joy oladimi, yo‘qmi, noma'lumliicha qolmoqda.

Uning parashyutdan sakraganiga oid videolavhalar ODN videoportalining YouTubedagi sahifasiga joylangan. Ikki kun ichida uni mingdan ortiq kishi tomosha qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: