Xosiyat Husanova: “Rejissyorlar aktyorlarni bo‘lishib olgan”

Jamiyat 16:20 / 14.04.2016 3562

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Xosiyat Husanova kino sohasidagi kamchilik va yutuqlar haqda gapirib o‘tdi. Bu haqda “Darakchi” nashri yozmoqda.

— Bugun duch kelgan odamni ekranda ko‘rish mumkin. Rejissyorlarimiz “tipaj” to‘g‘ri keldi degan gapni bahona qiladi, — deydi aktrisa. — Bundan tashqari, ilgari film va seriallardagi kichik rollarni ham tajribali aktyorlar ijro etishgan. Asardagi har bir rol uchun fotosinov, kastinglardan o‘tkazishgan. Bugun esa kichik rollarni rejissyorlar tanish-bilishlari bilan to‘ldirishga harakat qiladi. Ya'ni, tasvirga olish ishlari uchun o‘z xonadonini ijaraga berib turgan uy egasi, rejissyorning “e-e-eng” yaqin ulfatining jiyani, chiroq ustalarining “okaxon-ukaxonlar”, xullas, ana shunday toifaga kiritilganlarga rollar taqsimlanyapti. Qarabsizki, kinoasar professional bo‘lmaganlar bilan to‘ladi, unday kartinalarning tomoshabinlar tomonidan qabul qilinishi ham “nol”ga teng.

Aktrisaning ta'kidlashicha, rejissyorlarning eng katta xatosi rol egasiga berilmayotganidadir.

— Yana bir katta muammo bu — rejissyor aktyorlarni bo‘lishib olgan. Hammasida aktyorlar jamoasi mavjud, — deydi aktrisa.

Ko‘proq yangiliklar: