Xitoyda vaksinalarni noqonuniy sotish mojarosiga aloqador 350 dan ortiq amaldor jazolanadi

Jahon 15:49 / 14.04.2016 1062

Xitoy Davlat kengashi vaksinalarni noqonuniy sotish mojarosiga aloqador 357 amaldorni jazolaydi. Markaziy Xitoy televideniyesining ma'lum qilishicha, bu haqdagi qaror 13 aprelda qabul qilingan.

Amaldorlar o‘z lavozimidan chetlatiladi yoki lavozimi pasaytiriladi. "Vaktsinalar haqidagi ish ko‘plab hududlarni qamrab oldi va sifatning tegishlicha nazorat qilinmasligi, dori vositalari noqonuniy aylanmasi holatlarini aniqlash va qoidabuzarlarni jazolash bo‘yicha sust ish, amaldorlarning harakatsizligi va xatarlarni boshqarishning rivojlanmagan mexanizmi kabi sezilarli muammolar borligini ko‘rsatdi", deyilmoqda Davlat kengashi bayonotida.

Muddati o‘tib ketgan yoki noto‘g‘ri saqlangan vaksinalarni noqonuniy sotish bilan bog‘liq vaziyat Xitoyda keng jamoatchilik rezonansini keltirib chiqardi. Ushbu holat bo‘yicha o‘tkazilgan tergov doirasida 192 ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi, 202 kishi ushlandi. Bu ishda bosh figurantlar Shandun viloyati farmatsevtlari bo‘ldi. Ular vositachilar yordamida Xitoyning 20 dan ortiq viloyatida vaksinalarni noqonuniy sotish kanallarini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan. Hukumat ma'lumotlariga ko‘ra, noqonuniy savdo 2011 yildan beri olib borilgan. Politsiya sotilgan vaksinalarning umumiy qiymatini 310 mln yuanga (47,6 mln dollarga) baholagan. Vaktsinalarning 20 mingdan ortiq dozasi musodara qilingan.

Xitoy Davlat kengashi ushbu holatni tergov qilish bo‘yicha Oziq-ovqat va dori vositalarini nazorat qilish bo‘yicha davlat boshqaruvi rahbari Bi Tszintsyuan boshchiligida boshqarmalararo guruhni tashkil qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: