Ukrainada aktyorlar Bezrukov va Boyarskiy sababli Rossiyaning uchta telekanali taqiqlandi

Jamiyat 22:23 / 14.04.2016 1595

Rossiyaning uchta telekanali – "Retro", "Kinoklub" va RTG TV kanallari Ukrainada taqiqlab qo‘yildi. Bunday qaror Ukrainaning televideniye va radioeshittiruv masalalari bo‘yicha Milliy kengashida qabul qilindi, deb xabar berdi FlashCrimea nashri.

"Rossiyaning RTG TV (Russian Travel Guide), "Retro" va "Kinoklub" telekanallari Milliy kengash qarori bilan 14 aprelda mazmuni Yevropaning transchegaraviy televideniye haqidagi konvensiyasi va Ukraina qonunchiligi talablariga javob beruvchi xorijiy dasturlar ro‘yxatidan chiqarildi", deyildi Milliy kengash matbuot xizmatida.

Ta'kidlanishicha, "Retro" va "Kinoklub" telekanallarida Ukrainaning milliy xavfsizligiga tahdid soluvchi kishilar, jumladan Sergey Bezrukov, Jyerar Deparde, Mixail Boyarskiy, Fyodor Bondarchuk ishtirokidagi filmlar namoyish qilingani qayd qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: