Oliy Rada Ukraina vazirlar mahkamasining yangi tarkibini tasdiqladi. Bu haqda «112 Ukraina» agentligi xabar bergan.
Xabarga ko‘ra, Vladimir Groysman Ukraina bosh vaziri sifatida yangi hukumatga rahbarlik qiladi.
Hukumatning yangi tarkibi 239 nafar xalq vakillari tomonidan ma'qullangan.
Bundan avval, Ukraina parlamenti spikeri o‘rinbosari Andrey Parubiy Oliy Rada spikeri sifatida saylangani xabar qilingan edi.