Butunrossiya ijtimoiy fikrni o‘rganish markazi o‘tkazgan so‘rovlarga ko‘ra, Rossiya aholisining 17foizi mamlakatdagi vaziyatni yomon deb baholagan. So‘ralganlarning 5foizi fikricha, Rossiyadagi ahvol o‘ta yomon.
Tadqiqotda ishtirok etganlarning 63 foizi esa, vaziyat normal degan bo‘lsa, har 10 kishidan biri yaxshi deb baho bergan. Rossiyaliklarning to‘rtdan biri (24 foiz), Rossiya eng og‘ir kunlarini boshidan kechirmoqda, deb hisoblaydi. 51 foiz kishilar yomoni hali oldinda deb aytgan bo‘lsa, 16 foizi aksincha eng qiyini ortda qolganini ta'kidlagan.