Sharp sun'iy aqlga ega gapiradigan telefonni sotuvga chiqardi

Fan-texnika 14:09 / 14.04.2016 1441

Yaponiyaning Sharp kompaniyasi bozorga sun'iy aqlga ega gapira oladigan telefon robot chiqardi. Qurilmaning balandligi 19,5 sm, og‘irligi esa 390 gramm bo‘lib, ovoz yordamida boshqariladi.

U suhbat davomida o‘z xo‘jayinining afzalliklari va odamtlarini o‘rganib boradi va mos ravishda javob qaytaradi. Masalan, telefon-robot ob-havo, teledasturlarni o‘zi aniqlashtirib, aytib berishi, ishdagi hamkasb qo‘ng‘iroq qilayotganidan xabar berishi, mustaqil ravishda keraksiz qo‘ng‘iroqlarni qabul qilmasligi va shunga o‘xshash vazifalarni bajarishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: