Hayotda kam uchraydigan jarayonlarni tasmaga muhrlash uchun ayrim kishilar o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘yishadi. Ana shunday insonlardan biri Karib dengizi orollaridan biri bo‘lmish Sen-Bartelemidagi Gustav III aeroportiga yo‘l oldi. U dunyodagi eng xavfli aeroportda samolyotlar parvozi tasvirini olishni niyat qildi.
Gap shundaki, aeroportdagi uchish-qo‘nish yo‘lagining uzunligi 640 metrni tashkil etadi. Bundan tashqari u doim transport qatnovi bo‘lib turgan yo‘lda joylashgan. Xullas, u samolyot parvozini suratga olayotgan vaqt havo kemasi shunday qaltis ko‘tarildiki, sal qolganda suratchining hayotiga nuqta qo‘yar edi.