Rianna o‘zining kosmetika brendini yaratadi

Jamiyat 17:25 / 14.04.2016 1647

Rianna o‘zining Fenty deb nomlangan shaxsiy brendi ostida pardoz uchun vositalar to‘plamini ishlab chiqaradi. WWD xabar berishicha, 28 yoshli amerikalik xonanda LVMH kompaniyasi bilan 10 million dollarlik shartnoma tuzgan. Ma'lum bo‘lishicha, tarmoq 2017 yilda ishga tushirilishi kutilmoqda. Uning tarkibidaa aynan qanday kosmetikalar bo‘lishi haqida hozircha aniq ma'lumotlar yo‘q.

Riannaning kosmetika yaratish bo‘yicha tajribasi bor. Masalan, 2013 yilda M.A.C. uchun lab bo‘yog‘ini taqdim etgan. Qizil-bo‘g‘iq tusdagi bo‘yoq RiRi Woo nomini olgan edi.

2014 yildan beri Rianna Puma sport brendining kreativ direktori lavozimida ishlab kelmoqda. Mart oyining boshida u Trainer Fenty Puma by Rihanna krossovkalari modelini namoyish etdi. Mazkur oyoq kiyimini yaratishda asosiy e'tibor matoning sifati va texnologik tarkibga karatildi: krossovkaning tepa qismi oyoqni mahkam yopib turuvchi materialdan tayyorlangan. Mustahkamlangan karkas plastigi esa tovonlar yaxshi harakatlanishiga yordam beradi.

LVMH – fransuz transmilliy kompaniya bo‘lib, uning tarkibiga Louis Vuitton, Givenchy, Guerlain, Chaumet, Moët & Chandon va boshqa brendlar kiradi.

Ko‘proq yangiliklar: