Rejissyor Ibrohim Rasulov 20 qismli serialga qo‘l urdi

Jamiyat 16:02 / 14.04.2016 8395

O‘zbek tomoshabinlariga “Begona bahor”, “Jiyda guli” kabi seriallari bilan yaxshi tanish bo‘lgan rejissyor Ibrohim Rasulov yana bir yangi mavzuga qo‘l urdi.

Karimberdi To‘ramurodning “Qasam” hikoyasi asosida yaratilayotgan mazkur serial 20 qismdan iborat bo‘lib, xorazmlik xonanda yigit va samarqandlik shifokor qiz o‘rtasida muhabbatni ifodalaydi.

Shuningdek, serialda ota-ona va farzandlarning bir biriga bo‘lgan munosabati, oshiqlar duch keladigan sinovlar, do‘stlar o‘rtasidagi ishonch va pokiza insoniylik tuyg‘ulari ochib berilgan.

Stsenariy mualliflari: Javlon Abdullayev, Komil Tursunboyev va Ibrohim Rasulov.

Bosh rollarni Ulug‘bek Sobirov, Zilola Usmonova, Dilnoza Tursunboyeva, Mashhura Zulfiqorovalar ijro etgan. Asosiy rollarda O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov, Sayyora Yunusova, Botir Muhamadjonov, Zuhra Ashurova, Tohir Saidov, Ra'no Yarasheva, Yayra Ismoilova, Jamshid Davlyatov, Anvar Kahramonov kabi aktyorlarni ko‘rishingiz mumkin. Bosh operator Ahmadjon Sodiqov.

Ibrohim Rasulov (rejissyor): — “Qasam” nomli serialimizning boshqa serialardan farqi shundaki, ko‘plab muxlislarimiz sevib tomosha qilgan “Jiyda guli”, “Begona bahor” kabi hayotiy mavzularni o‘z ichiga olgan. Nasib etsa bu gal ham ushbu serialimiz bilan muxlislar qalbidan joy egallaymiz, degan umiddamiz.

 

Ko‘proq yangiliklar: