Rada Groysmanni Ukraina bosh vazirligiga tayinladi

Jahon 14:24 / 14.04.2016 977

Ukraina Oliy radasi parlament spikeri Vladimir Groysmanni mamlakat bosh vaziri sifatida tayinladi. Bu haqda "112 Ukraina" telekanali saytida ma'lum qilindi.

Qayd etilishicha, bu qarorni deputatlarning 257 nafari qo‘llab-quvvatlagan.

Shuningdek, qaror asosida Arsen Yatsenyukning bosh vazirlikdan iste'foga chiqish haqidagi bayonoti qondirilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq parlamentda Ukraina bosh vaziri nomzodi borasida kelishuvga erishilgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, Groysmanning o‘zi xalq uni qo‘llab-quvvatlasa bu vazifaga kirishishga tayyorligini ma'lum qilgandi.

Bundan tashqari, u yangi hukumat tarkibi poraxo‘rlikdan xoli bo‘lishini ta'kidlagan.

Ukrainada parlament koalitsiyasi bosh vazir lavozimiga Groysman nomzodini olg‘a surdi

Ko‘proq yangiliklar: