Qirg‘iziston parlamentiga spiker saylanadi

Jahon 12:47 / 14.04.2016 1160

14 aprel kuni Qirg‘iziston parlamenti deputatlari kuni qonun chiqaruvchi organning yangi raisi bo‘yicha ovoz berishadi. Bu haqda TASS agentligi parlament matbuot xizmati ma'lumotlariga tayangan holda xabar qilmoqda.

"Xalq vakillarining aksariyati shunday qarorga kelishdi", - deyiladi matbuot xizmatida.

Ayni masala, parlamentning bugungi majlisi kun tartibiga kiritiladi.

Parlamentning "Kirgizstan" fraksiyasi vakillari spikerlik lavozimiga yetakchilari Kanat Isayevni ilgari surishgan. "Onuguu" (taraqqiyot) partiyasining parlamentdagi fraksiyasi ham o‘z vakili Bakit Torobayev nomzodini spikerlikka tavsiya etan.

Umuman, Qirg‘iziston respublikasi parlamenti tarkibida oltita fraksiya mavjud, ularning to‘rttasi koalitsiyaga birlashib, parlamentda ko‘pchilikni tashkil etadi.

Parlamentning avvalgi spikeri Asilbek Jeenbekov akasi Sooronbay Jeenbekovning mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinlanishi munosabati bilan o‘z hohishiga ko‘ra lavozimidan iste'fo bergan edi.

Ko‘proq yangiliklar: