Pol Makkartni A Hard Day's Night qo‘shig‘ini 51 yil ichida ilk bor kuyladi

Jamiyat 22:41 / 14.04.2016 1976

Britaniyalik xonanda Pol Makkartni The Beatles guruhining “A Hard Day's Night” qo‘shig‘ini 51 yil ichida birinchi marotaba ijro etdi, deb xabar beradi Daily Express. Bu Amerikaning Fresno shahridagi konsert chog‘ida yuz berdi.

Musiqachining navbatdagi dunyo bo‘ylab turnesi “One on One” deb nomlanadi. Makkartni AQSh, Kanada, Argentina, Germaniya, Fransiya, Ispaniya va boshqa mamlakatlarda o‘z konsert dasturlari bilan ishtirok etadi.

Gazetaning qayd etishicha, “A Hard Day’s Night” taronasi so‘nggi marta The Beatles tomonidan 1965 yili jonli ijroda kuylangan.

Shuningdek, Fresnodagi konsert dasturi davomida Makkartni “Eleanor Rigby”, “Love Me Do”, “Here There Everywhere” kabi qo‘shiqlarni ham ijro etdi. Shunday qilib, guruhning sobiq a'zosi uch soat ichida jami 38 ta qo‘shiqni kuyladi.

Ko‘proq yangiliklar: