Pentagon: Su-24 samolyoti AQSh esminetsidan 10 metr masofada uchib o‘tdi

Jahon 14:38 / 14.04.2016 1476

Rossiyaning Su-24 rusumli harbiy samolyotlaridan biri AQSh qurolli kuchlarining Yevropa qo‘mondonligining Boltiq dengizida harakatlanayotgan Donald Cook esminetsiga 10 metr masofadan uchib o‘tgan. Bu haqda Pentagonning rasmiy vakili Mishel Boldanzaga asoslanib, Fox News xabar berdi.

Uning aytishicha, rossiyaliklar qiruvchi samolyoti 11 aprel kuni kunduzi xavfli harakatlar amalga oshirgan va bir marta 9,14 metr masofada uchgan. Manyovrlardan biri xavfli deb topilgan, chunki bu paytda kema bortida vertolyot yoqilg‘i to‘ldirayotgan bo‘lgan.

12 aprel kuni esa kechki soat 5:00 atrofida Rossiyaning Ka-27 vertolyoti xuddi shu esminets atrofidan yetti marta aylanib o‘tgan. Bu ham xatardan holi bo‘lmagan parvoz deb topilgan.

AQSh diplomatik kanal orqali Rossiyaga bu hodisa yuzasidan izoh so‘rab yuzlangan.

Rossiya tomoni bu voqealarga izoh bermadi. Keyinroq AQSh ushbu videoni namoyish qildi.

Ko‘proq yangiliklar: