O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova 56 yoshni qarshi oldi

Jamiyat 19:17 / 14.04.2016 10688

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, oliy toifali diktor Muslimbek Yo‘ldoshev o‘zining “Feysbuk”dagi sahifasida aktrisa Muqaddas Xoliqovaning tavallud ayyomi bilan qutladi.

Muslimbek Yo‘ldoshev: — Bugun O‘zbekiston xalq artisti, mening qadrdon singlim va millionlarning sevimli sanatkori Muqaddas Xoliqovaning tug‘ilgan kuni. Barcha muxlislari nomidan, umumiy do‘stlarimiz nomidan uni samimiy tabriklayman. Umri uzun bo‘lsin. Ijodiga baraka, deya diktor o‘z samimiy va iliq tilaklari bildirdi.

Fursatdan foydalanib Kun.uz sayti xodimlari ham Muqaddas Xoliqovaning tavallud ayyomi bilan chin dildan muborakbod etib, bardavom ijod yo‘lini tilab qoladi!

Ko‘proq yangiliklar: