O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada gastarbayterlar uchun fohishaxona tashkil etgani ma'lum bo‘ldi

Jamiyat 16:48 / 14.04.2016 1324

34 yashar o‘zbekistonlik fuqaro Nigora Sotiboldiyeva Rossiya hududida fohishaxona tashkil etib, uning faoliyat yuritishida ishtirok etganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda mahalliy OAV ma'lum qilgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, u o‘z ishini gastarbayterlar uchun tashkillashtirgan.

Joriy yilning fevralida Sotiboldiyeva Voronejda fohishaxona tashkillashtiradi. U yerga O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari o‘z hirsini qondirish uchun borib turishadi. Fohishaxona mahalliy huquq tartibot idoralari xodimlari tomonidan “qo‘riqlab” turilgan. Ammo hozir uning egasiga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.

Hudud prokuraturasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Nigora Sotiboldiyevaga nisbatan tergov-surishtiruv ishlari boshlab yuborilgan.

Ko‘proq yangiliklar: